Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Islohotlar bilimdoni” sovrinli viktorinasini eʼlon qiladi

Viktorina 2 bosqichda o‘tkaziladi.

1-bosqich 17-avgust kuni tashkil etiladi. Ishtirokchilar test.adliya.uz caytidan ro‘yxatdan o‘tib 50 ta huquqiy test savoliga onlayn javob beradi. Eng ko‘p va eng tez to‘g‘ri javob bergan 10 nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tadi.

2-bosqich 19-avgust kuni suhbat tarzida kechadi. Bunda ishtirokchilar o‘zlari yashaydigan hududdagi adliya organlari binosida “Zoom” orqali vazirlik hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan savol-javob tarzida suhbat o‘tkaziladi. Natijalarga ko‘ra eng yuqori ball olgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – televizor;
  • 2-o‘rin – telefon;
  • 3-o‘rin – changyutgich.

Test o‘tkaziladigan manzil havolasi @huquqiyaxborot telegram kanalida qo‘shimcha eʼlon qilinadi.

Viktorinada ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!